“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: faoliyat sarhisobi va istiqboldagi ustuvor vazifalar
«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasini yakuniy isteʼmolchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshirib kelmoqda.
Bugungi kunda Jamiyat tarkibidagi 12 ta hududiy filial hamda 2 ta hududiy korxona tomonidan («Buxoro HETK» va «Fargʻona HETK» AJlar) 0,4-6-10-35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiyasi, shuningdek, ularning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.
2022-yil davomida Jamiyat tarkibiy korxonalari tasarrufidagi 35-110 kV kuchlanishli 1 787 ta podstansiyadan chiquvchi, 96 017 dona transformator punkti va 270,3 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali 390,3 ming yuridik hamda 7,4 mln. maishiy isteʼmolchilarga 68,0 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilgan boʻlib, 2021-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 105,6 foizni tashkil etdi.
Hisobot yilida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tarmoqlarda joriy va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Xususan, 2022/2023-yil kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida 28 020,8 km elektr tarmoqlari va 9 685 ta transformator punkti mukammal taʼmirdan chiqarilib, bu borada belgilangan koʻrsatkichlar ijrosi toʻliq taʼminlandi. Bundan tashqari, 35-110 kV quvvatga ega podstansiyalarda 86 dona kuch transformatori va 377 ta oʻchirgich mukammal taʼmirdan chiqarildi.
Yuqoridagi saʼy-harakatlar natijasida hududlarda 3,5 mingdan ortiq mahalla va qishloqlarda qariyb 3,7 mln ta aholi isteʼmolchilari va 210 ming tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxshilandi.
Jamiyat tomonidan 2022-yil davomida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, raqamlashtirish va zarur elektr qurilmalarini mahalliylashtirish boʻyicha ham keng koʻlamli amaliy ishlar bajarildi.
Xususan, Prezidentimizning 2021-yil 30-dekabrdagi qaroriga muvofiq, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan 2022-yil uchun 5 ta yirik investitsion loyiha doirasida jami 84,14 mln dollar, shundan:
— Ishtixon» podstansiyasidan “Gornorudnaya-2” podstansiyasigacha 110 kVli ikkinchi elektr uzatish tarmogʻini qurish loyihasi doirasida (NKMK dasturi) 0,22 mln dollar;
— Samarqand shahri tashqi elektr taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida 8,0 mln dollar;
— Respublika boʻyicha 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida 43,8 mln dollar;
— mavjud 35-110 kV elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida 15,8 mln dollar;
— Jamiyatda yangi billing tizimini ishlab chiqish va joriy etish loyihasi doirasida 13,0 mln dollar miqdoridagi mablagʻ oʻzlashtirilgan.
Bundan tashqari, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qoʻshimcha loyihalar, jumladan, EIZ va KSZlarni tashqi elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 13,3 mln. dollar miqdorida oʻz mablagʻlari sarf qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 — 2026-yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan ham Jamiyat tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 9 ming 259 ta mahalla xatlovdan oʻtkazilib, muammo aniqlangan 1 ming 71 ta «olis» va «ogʻir» toifadagi mahallada umumiy uzunligi 5 125,6 km elektr uzatish tarmoqlari va 1 063 ta transformator punkti yangilandi.
Jumladan, yuqoridagi dastur doirasida 3 087,2 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 1 115 ta transformator punkti yangilandi va taʼmirlandi.
Jamiyatda olib borilgan transformatsiya ishlari va moliyaviy sogʻlomlashtirish say-harakatlari natijasi oʻlaroq, 2022-yilda «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi tomonidan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning xalqaro indikativ reytingi "BB-" «Barqaror» darajada baholanganini qayd etib oʻtish joiz.
Eʼtiborlisi, mazkur reyting «Hududiy elektr tarmoqlari» AJni jahonning investitsiya bozorida aniq va ravshan biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy holati va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.
Maʼlumot uchun, Jamiyat tomonidan 2022-yil yanvar-dekabr oylarida byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga jami boʻlib 1 077,22 mlrd soʻm miqdorida pul mablagʻi toʻlab berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring