Hokim bilan bir kun
Foto: Xalq so‘zi
Yurtimizda soʻnggi yillarda yoshlarning yetakchilik qobiliyatini shakllantirish, davlat boshqaruvi, jamoatchilik bilan aloqalardagi munosabatlarni tizimli amalga oshirish, yangi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan Jizzax viloyatidagi 20-35 yoshlardagi oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan ishchi- xizmatchilar uchun “Kelajak liderlari” klubi tashkil etilib, unga viloyatdagi 50 nafar ziyod iqtidorli yigit-qizlar qamrab olindi.
Aytish joizki, klub aʼzolarini ragʻbatlantirish, yosh istiqbolli kadrlar sifatida rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olish maqsadida qator tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. “Hokim bilan bir kun” loyihasi ana shunday tadbirlardan biridir.
Viloyatdagi bir guruh iqtidorli yoshlar ommaviy axborot vositalari xodimlari hamrohligida Zarbdor tumani hokimi Zafar Roʻziyev bilan ushbu loyihada ishtirok etdi.
— Toʻgʻrisini aytsam, tuman hokimining bunchalik vaqti tigʻiz boʻlishini bilmagan ekanman. Ish jarayoni ertalab 5.30 larda bugʻdoy oʻrayotgan kombaynchilar holidan xabar olishdan boshlanib 8 larda tuman hokimligida kutib turgan aholi murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini yechish bilan davom etdi, — deydi viloyat “Kelajak liderlari” klubi aʼzosi, Jizzax politexnika instituti talabasi Iskandar Nimatov. — Shundan soʻng Boʻston mahallasiga borib, yangi qurilayotgan madaniyat maskanidagi bunyodkorlik ishlaridan xabar olindi, ustalarning oziq-ovqati, yashash sharoiti bilan tanishildi. Yangi bunyod etilgan sport kompleksida hokim bilan voleybol oʻynadik va bu bizni ruhlantirdi.
Ishtirokchilar tadbir davomida “Boʻston” MFYdagi kasanachilik va kichik hajmdagi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Shundan soʻng “BEST GROUP Betlis Textile “BOSTON” 350 oʻrinli Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasida yoshlarga yaratilgan sharoitlar va ishlab chiqarish jarayonlarining guvohi boʻldilar.
Kun davomida tuman mahallalaridagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilarining ish faoliyati ham oʻrganildi hamda tuman hokimi tomonidan kerakli koʻrsatma-tavsiyalar berildi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring