Hizbulloh Isroil bilan “ochiq hisob-kitob jangi”ga kirganini maʼlum qildi

Isroilning Livan hududiga raketalar uchirishni boshlashi bilan Hizbulloh Tel-aviv bilan “ochiq hisob-kitob jangi”ga kirganini eʼlon qildi. Qayd etish kerakki, Isroil Livan janubiga deyarli bir yil ichida eng kuchli havo hujumlarini uyushtirgan. Bu ikki tomon oʻrtasidagi ziddiyatning sezilarli darajada kuchayishiga olib keldi. “Guardian” nashri bu haqda maʼlum qilgan.
Xabar qilinishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Hizbulloh va Isroil oʻzaro oʻq uzishda davom etar ekan, mintaqa “halokat” yoqasiga kelib qilishidan ogohlantirgan. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun nima zarur boʻlsa, harakat qilishini aytdi. Shuningdek, u Hizbullohni hujumlarini davom ettirsa, Isroilning xabarini tushunishlari haqida ogohlantirdi.
Dam olish kunlarida Livandan Isroilga yuzlab javob raketalari otilgan, baʼzilari Hayfa shahri yaqiniga kelib tushgandi. Oʻz navbatida Isroil ham Livan janubiga otgan raketalari oqibatida 100 mingdan ortiq tinch aholi oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgandi. Hozirda Isroil shimolidagi shifoxonalar koʻproq raketa hujumlariga tayyorgarlik koʻrmoqda va bemorlarni xavfsizroq joylarga koʻchirmoqda. Buning asosiy sababi esa yahudiy davlatining yangi hujumlariga qarshi tomonning faol reaksiyasi boʻlishi mumkin.
Livan rasmiylari keng koʻlamli urushdan qochish uchun xotirjamlikka chaqirmoqda, ammo Hizbulloh hamon qarshilik koʻrsatmoqda. Ular Isroilning Bayrutga uyushtirgan zarbasi chogʻida yuqori darajadagi qoʻmondon va bir qancha tinch aholi vakillaridan ayrildi. Bu esa keskinlikni yanada kuchaytirib yuborgani aytilmoqda.
Livandagi mojaro Gʻazoda Isroil va XAMAS oʻrtasida davom etayotgan urush bilan bir vaqtda yuz bermoqda. Jahon yetakchilari yana keskinlashuvning oldini olish uchun oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirgan bayonotlar bergan, ammo Isroil toʻxtash haqida belgilar bermagan.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring