Hindiston turizmni tiklash uchun soha vakillarini “COVID-19”ga qarshi emlashni boshlaydi
Hindiston “COVID-19” ikkinchi halokatli toʻlqinidan keyin Jammu va Kashmir ittifoqining sayyohlik sanoatini tiklash boʻyicha harakatlar doirasida ushbu sohada xizmat qiluvchilar hamda Srinagardagi Dal koʻli atrofida yashovchilarni infeksiyaga qarshi emlashni boshladi.
Soʻnggi bir necha hafta davomida mamlakat boʻylab koronavirus holatlari koʻpaygani bois sayyohlar uchun mashhur boʻlgan koʻlga tashriflar kamayib ketdi. Shu bois odamlarni virusdan himoya qilish uchun emlash jarayoni tezlashtirilmoqda.
Turizm boʻlimi ushbu sohaga bevosita yoki bilvosita aloqador boʻlganlarni tezkor ravishda emlashni boshlagan. Bundan koʻzlangan maqsad vodiyga koʻproq odamlar tashrif buyurishni boshlaganda, ularni xavf ostida qolmasligi taʼminlashdir.
Emlash tadbirlari sayyohlar orasida mashhur boʻlgan Paxalgam, Gulmarg kabi shaharlari Nigin va Dal koʻllari atrofida amalga oshiriladi.
Soʻnggi bir hafta ichida Dal koʻli atrofida ochilgan vaksinatsiya markazlarida ushbu sohada ishtirok etayotgan qayiqlar egalari, doʻkon sotuvchilari va taksi haydovchilarini koʻrish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring