Hindiston ommaviy axborot vositalari Oʻzbekistonda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” davlat dasturi haqida
Nashrda Oʻzbekiston Prezidenti 1-mart kuni 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmonni imzolagani maʼlum qilingan. “Hujjatga binoan, barcha davlat organlari va tashkilotlarida aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oshirish chora-tadbirlari belgilandi, deyiladi maqoladi. - Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 300 taga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni esa 570 taga yetkaziladi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy oʻrnatiladi”.
Muallif mamlakatda adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga jinoyatlarni tergov qilish jarayonida “Xabeas korpus” institutini qoʻllash amaliyotini yanada kengaytirish maqsadida tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvlarini eshitib turish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga oʻtkazish boʻyicha qonun loyihasi kiritilishiga eʼtibor qaratgan. Nashrda, shuningdek, 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trillion soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trillion soʻm yoʻnaltirilishi taʼkidlangan.
“Hujjatda 32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqaroga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat byudjetidan yetarli mablagʻlar jalb qilish belgilangan, - deb yozadi muallif. - 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi. 2023-yil 1-apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi”.
Maqola intihosida taʼkidlanganidek, davlat dasturida aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, taʼlim sifatini ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish hamda kambagʻallikni qisqartirish borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan boshqa izchil chora-tadbirlar ham koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring