Hind mutaxassislari - Qorakoʻlda
Foto: Xalq so‘zi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Hindistonning Acharya instituti oʻrtasida memorandum imzolangan. Kelishuvga muvofiq, Qorakoʻlda universitet tashkil etiladi. Yaqinda Dehli shahrida oʻtkazilgan Oʻzbek-Hind biznes forumida Qorakoʻl IT-klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha bitim ham tuzildi.
Bir soʻz bilan aytganda, Qorakoʻl tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan alohida oliygoh, IT-park va Yoshlar shaharchasi bunyod etiladi.
Maslahatli toʻy tarqamas, deganlaridek, Hindistonning Bangalor shahridan yurtimizga tashrif buyurgan soha mutaxassislari Qorakoʻlda boʻlib, bu yerdagi Xalqaro matematika maktabi va raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan inkubatsiya tashkil etiladigan akademik litsey hamda 8- umumtaʼlim maktabi imkoniyatlari bilan tanishdilar, amalga oshiriladigan ishlarni oʻzaro muhokamadan oʻtkazdilar.
Maʼlumotlarga qaraganda, shu yil yakuniga qadar IT-klaster hududida inkubatsiya markazi quriladi, 300 oʻringa moʻljallangan universitet hamda yotoqxona binosi taʼmirlanadi. Kelgusi oʻquv yiliga qadar esa bunyodkorlik yumushlari qamrovi kengayishi hisobiga loyihada koʻzda tutilgan ishlar yakuniga yetkaziladi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring