“Haj”ga ketib bedarak yoʻqolganlar va ularning qarindoshlari qidirilmoqda
Saudiya Arabistoni “Haj – 2024”da bedarak yoʻqolgan 20dan ortiq ziyoratchini va ularning qarindoshlarini qidirmoqda. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar berdi.
Gap shundaki, bu haj mavsumi issiq kelganligi sababli qurbonlar soni oshib bormoqda. Agentlik xabariga koʻra, dunyo boʻylab haj farzini bajargan 1,8 million ziyoratchidan 1081 nafari hayotdan koʻz yumishgan.
Makkada harorat ayni kunlarda selsiy boʻyicha 51,8 darajaga yetdi. Ayrim bedarak yoʻqolganlarning qarindoshlari turli platformalarga eʼlonlar joylashtirishmoqda, ammo hozircha ishlar juda qiyin kechyapti. Xususan, Saudiya hukumati ham bu ishga jiddiy kirishgan.
“Hajda dunyoning turli burchaklaridan 1,8 millionga yaqin odam qatnashdi, ularning aksariyati keksa va zaiflar edi”, deyiladi xabarda.
Taxminlarga koʻra, bedarak yoʻqolganlar soni aslida koʻproq, chunki koʻpchilik bedarak ketganlar “Haj vizasi”ga ega boʻlmagan.
70 yoshlardagi tunislik ziyoratchi Mabrouka bint Salem shanba kuni Arafot togʻining eng yuqori choʻqqisiga chiqqanidan keyin yoʻqolib qolgan. U roʻyxatdan oʻtmagan va rasmiy haj ruxsatnomasiga ega boʻlmagani uchun ziyoratchilar uchun ajratilgan maxsus xonalarga kira olmagan.
Avvalroq “Haj – 2024” mavsumidan yurtdoshlarimiz qachon qaytishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring