Harbiy qismlarda “Maʼnaviyat marafoni” loyihasi amalga oshirilmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining ishchi guruhi aʼzolari ishtirokida “Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” gʻoyasi asosida “Maʼnaviyat marafoni” loyihasi amalga oshirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari senator Mirhojiddin Xojimatov, Falsafa fanlari doktori professor Jamila Shermuhammedova, Siyosiy fanlar doktori professor Narzulla Joʻrayev, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Faxriddin Nazarov, davlat va jamoat tashkilotlari, yozuvchilar, taniqli sanʼatkorlar, harbiy baxshilar hamda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Dastlab mehmonlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sportchi harbiylar hamda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbir va toʻgaraklar bilan yaqindan tanishdi.
Madaniyat markazida boʻlib oʻtgan uchrashuvda mehmonlarga taniqli sanʼatkorlar va harbiy baxshilar oʻzlarining kuy-qoʻshiqlarini hamda terma dostonlarini ijro etib, barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring