Har bir mahallaga 10 million soʻm… Nega?
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu orqali faol nuroniylar har oy ragʻbatlantirilishi koʻzda tutilmoqda. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.
Shuningdek, Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambagʻal oilaga biriktiriladi. Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yoʻnalishlarida bir qator ishlar amalga oshiriladi.
Birinchidan, xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini boʻlib toʻlash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashadi.
Ikkinchidan, oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan farzandlarini oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlashadi.
Uchinchidan, piyoda yurish madaniyatini targʻib qiladi.
Toʻrtinchidan, keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etadi.
Bundan tashqari, faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring