Har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 103 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda

11:48 13 Fevral 2024 Jamiyat
185 0

Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtomobillar soni 3,8 milliontani tashkil etgan.

Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtomobillar soni har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 103 ta toʻgʻri kelgan.

Aholiga tegishli jami avtotransport vositalari:

— Yengil avtomobillar – 3 759 045 ta;

— Yuk avtomobillari – 240 917 ta;

— Avtobuslar – 6 297 ta;

— Mikroavtobuslar – 9 102 ta;

— Maxsus transportlar – 5 383 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?