Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi bitiruvchilarining barchasi talaba boʻldi
Bitiruvchilarning 20 nafari davlat granti va 16 nafari toʻlov- kontrakt asosida nufuzli oliy taʼlim dargohlariga oʻqishga qabul qilindi. Xususan, ular Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Guliston davlat universiteti kabi oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻldilar.
—Omad bilimlilarga kulib boqadi, deyishgani rost ekan,—deydi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga qabul qilingan Matluba Shakarova. — Test juda shaffof va haqqoniy tarzda oʻtdi. Bilim va mahorat oʻz soʻzini aytdi. Men otashin shoira Halima Xudoyberdiyeva nomidagi maktabda tahsil olib, nufuzli universitet talabasi boʻlganimdan faxrlanaman.
Eslatib oʻtamiz, mazkur ijod maktabining 3 nafar oʻquvchisi muddatidan oldin Malayziya, AQSH, Latviya davlatlarining xalqaro universitetlariga grant asosida oʻqishga qabul qilingan edi.
Ahmadali ShERNAZAROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring