Hafta davomida Oʻzbekistonda sovuq ob-havo va yogʻingarchilik kutilmoqda. Qaysi kunlarda qor yogʻishi mumkinligi ham maʼlum qilingan
Foto: Anton Domnenko
“Oʻzgidromet” 20—26-yanvar kunlari Oʻzbekiston boʻylab kuzatiladigan ob-havo sharoitlari haqida maʼlumot berdi. Haftaning turli kunlarida yogʻingarchilik, haroratning pasayishi va kuchli shamol kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
20-yanvar, dushanba kuni Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliq, janubiy hududlarda baʼzi joylarda 15 darajagacha iliq boʻlishi prognoz qilingan. Shamol ayrim joylarda 15-20 m/s tezlikda esishi mumkin.
21-yanvar, seshanba kuni Respublikaning katta qismida yomgʻir yogʻadi, shimoliy hududlarda yomgʻir qorga aylanadi. Togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik ehtimoli past. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
22-yanvar, chorshanba kuni Volga boʻyidan keladigan sovuq havo massalari sababli yogʻingarchilik butun respublika boʻylab davom etadi. Koʻplab hududlarda yomgʻir qorga aylanadi, lekin Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlarida yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
23-yanvar kuni faqat markaziy va sharqiy hududlarda qor yogʻishi kutilyapti. Harorat kechasi 2-7, shimolda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha sovishi mumkin.
24-yanvar, juma kuni hech qanday yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻlishi taxmin qilinmoqda.
Poytaxtimiz Toshkent shahrida 20-yanvar, dushanba kuni yogʻingarchilik boʻlmaydi, kunduzi havo 10-12 daraja iliq boʻladi. Seshanba kuni yomgʻir yogʻishi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 22-yanvar kuni yomgʻir qoʻrga aylanishi taxmin qilinmoqda. Payshanba kuni kechasi qor yogʻishi taxmin qilinyapti. Toshkentda havo harorati hafta davomida kechasi 4-6 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha oʻzgaradi.
21—23-yanvar kunlari Respublika boʻylab shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda u 20-23 m/s gacha yetishi taxmin qilingan. Shuningdek, hafta davomida koʻplab hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor.
Hafta davomida respublika boʻylab nomuntazam yogʻingarchilik va sovuq havo kuzatiladi. Fuqarolarga issiq kiyim kiyish, tumanli kunlarda transport vositalaridan foydalanishda ehtiyotkor boʻlish va yoʻl harakat qoidalariga rioya qilish tavsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring