Gʻijduvonda madaniyat markazi foydalanishga topshirildi
Nechogʻli gʻayritabiiy tuyulmasin, Gʻijduvonday salohiyati yuqori tumanda shu paytga qadar madaniyat markazi yoʻq edi. Istiqlol bayrami arafasida shu kemtiklik oʻrni toʻldirildi. Tuman markazidagi qadimiy “Chorsu” mahallasi hududida ikki qavatli koʻrkam bino qad rostladi.
— Davlatimiz rahbarining 2024-yil 31-may – 1-iyun kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi chogʻida bir qator iqtisodiy-ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, jumladan, Gʻijduvonda zamonaviy madaniyat markazi barpo etish yuzasidan koʻrsatma berilgan edi, — deydi uzoq yillar davomida shu sohada ishlab, obroʻ-eʼtibor topgan mehnat faxriysi Rajab Avezov. — Buni qarangki, qisqa muddat ichida shunday koʻrkam inshoot qurildi. Orzuyimiz ushaldi.

“Buxoro agroklaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 33 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga bunyod qilingan maskanda madaniyat va sanʼat sohasiga mehr qoʻygan yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Bu yerda anʼanaviy xonandalik, cholgʻu asboblari, raqs, drama toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Bino jami 70 ta mashgʻulot xonasidan iborat.
Madaniyat markazining ochilishiga bagʻishlab oʻtkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring