Germaniyaliklarning aksariyati mamlakat kansleridan norozi
Germaniyada oʻtkazilgan jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari aholining katta qismi kansler Fridrix Mers va uning hukumatidan qoniqmayotganini koʻrsatdi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
INSA tadqiqot instituti “Bild am Sonntag” nashri buyurtmasi bilan oʻtkazgan soʻrovnomada qatnashgan 1004 nafar respondentning 60 foizi amaldagi hukumat ishidan norozi ekanini bildirdi. Kanslerning oʻz faoliyatidan esa 59 foiz norozilik qayd etildi, atigi 30 foiz uning ishini ijobiy baholadi.
Ushbu soʻrovnoma Mers kanslerlik lavozimida faoliyat boshlaganidan 100 kun oʻtib eʼlon qilindi. Taqqoslash uchun, 2022-yil martida sobiq kansler Olaf Sholsning 100 kunlik faoliyati yakunida uning ishini 43 foiz ijobiy, 41 foiz esa salbiy baholagan edi.
Mers boshchiligidagi yangi hukumat ishining dastlabki oyida, yaʼni iyun boshlarida, qoniqqanlar ulushi 37 foiz boʻlgan boʻlsa, norozilar 44 foizni tashkil etgan edi.
Soʻrov natijalari shuni ham koʻrsatdiki, agar Bundestag saylovlari yaqin yakshanba kuni oʻtkazilganida, amaldagi hukumat koalitsiyasi parlamentda koʻpchilik oʻrinni egallay olmas edi. Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) bloki 27 foiz ovoz toʻplagan boʻlar edi, Sotsial-demokratik partiya (SDP) esa 15 foizda qolardi.
Shu bilan birga, “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasi 25 foizlik natija bilan mamlakatda ikkinchi eng katta siyosiy kuchga aylangan boʻlar edi. “Yashillar” 11 foiz, “Chaplar” 9 foiz ovoz toʻplashi mumkin edi. “Erkin demokratik partiya” hamda “Sara Vagenknekht ittifoqi” esa faqat 4 foizdan ovoz olib, parlamentga kira olmas edi.
Shu tariqa, Germaniyada oʻtkazilgan ikki soʻrov ham kansler Mers va uning hukumatiga boʻlgan qoʻllab-quvvatlash darajasi qisqa muddat ichida keskin kamayganini koʻrsatdi. Bu esa mamlakat siyosiy hayotida yangi vaziyat va ehtimoliy oʻzgarishlar uchun signal boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring