Germaniya ham Falastinni davlat sifatida tan olishga chaqirildi

18:20 25 Iyul 2025 Dunyo
248 0

Arxiv foto

Germaniya Falastin davlatini tan olishda Fransiyaga ergashishi kerak. Bu fikrlarni Germaniyaning “Aql va adolat uchun ittifoq” partiyasi rahbari Sara Vagenknext aytib oʻtdi.

Payshanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Fransiya Falastin davlatini rasman tan olishini maʼlum qildi. Buning ortidan Germaniya hukumati matbuot kotibi Stefan Kornelius Germaniya hukumati qisqa muddatda Falastin davlatini tan olish niyatida emasligini bildirdi.

“Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Falastinni davlat sifatida tan olish haqidagi qarori toʻgʻri. Germaniya ham nihoyat ikki davlat yechimiga aniq ishora sifatida bu qadamni qoʻyishi kerak”, — deydi Vagenknecht.

Buning oʻrniga, uning soʻzlariga koʻra, Germaniya hukumati Isroilga nisbatan siyosati bilan oʻzini tobora izolyatsiya qilmoqda. Isroil hukumatini qurol-yarogʻ bilan taʼminlashda davom etayotganlar Gʻazodagi urush jinoyatlari va ochlikdan oʻlim uchun qisman javobgardir.

Avvalroq, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi Germaniya hukumatidan Yevropa davlatlarining Isroilni Gʻazo sektoridagi mojaroga chek qoʻyishga chaqirayotgan tashabbusiga qoʻshilishni talab qilgan edi.

Shu yilning may oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Kanada bosh vaziri Mark Karni birgalikda oʻz hukumatlari Falastin davlatini tan olishga “qatʼiy” ekanliklarini va “ikki xalq uchun ikki davlat” konsepsiyasini amalga oshirish uchun boshqalar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishgan edi. Payshanba kuni Makron sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi yigʻilishida Fransiya Falastin davlatini rasman tan olishini maʼlum qildi.

Falastin davlatini 147 davlat tan olgan, AQSH ular orasida emas. 2024-yilda Qoʻshma Shtatlar Falastinning BMTga toʻliq aʼzoligiga veto qoʻydi. 2024-yildan beri Falastinni oʻnta davlat, jumladan Irlandiya, Norvegiya, Ispaniya va Armaniston tan olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер