“Gentra”dan salkam 175 millionlik noqonuniy tamaki mahsulotlari topildi

16:16 22 Yanvar 2025 Jamiyat
251 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar aniqlangan.

Jumladan, fuqaro A.T. va boshqalar “Gentra” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan yelimlanmagan umumiy bahosi 174,1 million soʻmlik jami 2894 quti tamaki mahsulotini Toshkent shaharida sotish maqsadida olib kelganliklari oydinlashgan.

Tezkor tadbir xodimlari tomonidan aniqlangan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер