Gazchi va hisobchi “til biriktirdi”: ular nimani rejalashtirgan edi?
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament energiya resurslaridan qarzdorlikni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan gazchi va hisobchini qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu noqonuniy holat aniqlangan.
Qayd etilishicha, “Bulungʻur tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi mahallada ishlash xizmati gazchisi S.X. fuqaro M.B.ning xonadonida koʻrik davomida tabiiy gaz taʼminotidan aniqlangan 1,6 million soʻm zararni 14 million soʻm ekanligini aytib, goʻyoki ushbu zarar miqdorini kamaytirib berishi evaziga M.B.dan 4,4 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi yana bir holat Toshkent shahrida aniqlangan. Xabar qilinishicha, Departamentning Olmaliq shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Olmaliq shahar ETK hisobchisi Z.A. fuqaro D.N.ning “Doʻstlik” MFYdagi uyining elektr taʼminotidan 5 million soʻm qarzdorligini yoʻq qilib berishi evaziga 3 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring