Gaz taʼminotidagi muammolar barham topmoqda

12:38 23 Dekabr 2024 Jamiyat
250 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti korxonasi tomonidan aholini qish mavsumida tabiiy gazga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirishga harakat qilinmoqda. Jumladan, tabiiy gaz quvuri yetib bormagan hududlarga maishiy gaz ballonlari oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda.

— Ayni paytda 7000 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berdik, — deydi korxona masʼul xodimi Akmaljon Holiqov. — Ballonlarni tarqatish jarayonida gazdan toʻgʻri foydalanish, is gazidan zaharlanmaslik choralari yuzasidan tushuntirish ishlarini ham amalga oshirmoqdamiz.

Aytish joiz, joriy yilning oʻtgan davrida isteʼmolchilarga 3 mln. 650 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlarida 73 ming tonnadan ziyod gaz yetkazib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?