Gandbolchilar o‘rtasida kuchlilar aniqlandi
Ayni kunlarda mahallalarning yosh gandbolchilaridan iborat jamoalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi kubogi”ning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi qizg‘in pallaga kirgan.
Jumladan, joriy yilning 7-8-aprel kunlari Shofirkon tumani bosqichi uyushtirildi.
Buxoro viloyati gandbol federatsiyasiga ko‘ra, qizlar o‘rtasida “Qo‘rg‘oni Vardonze” mahallasi, yoshlar orasida “Mirzoqul” mahallasi jamoasi g‘olib chiqdi.
Shuningdek, qizlar birinchiligida “Jo‘yrabod” MFY ikkinchi, “Mirzoqul” MFY jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yoshlar musobaqasida esa sovrinli o‘rinlarga mos ravishda “Jo‘yrabod” MFY va “Tinchlik” MFY mahallalari gandbolchilari sazovor bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring