Gʻalla ekishda qatnashayotgan texnikalari mavsumga tayyormi?

18:37 19 Oktyabr 2023 Iqtisodiyot
754 0

Arxiv surat

2024-yil hosili uchun gʻalla ekishga yerlarni tayyorlash ishlarida 3 yarim ming dona haydov traktorlari va 2 ming 588 dona yer tekislagichlar, shuningdek, 1 ming 107 dona gʻalla ekish seyalkalari hamda 10 mingdan ortiq gʻoʻza qator oralariga bugʻdoy ekadigan kultivator moslamalari qatnashmoqda.

“Oʻzagroinspeksiya” Axborot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, Inspeksiya tomonidan ushbu qishloq xoʻjaligi texnikalarining texnik holati toʻliq texnik koʻrikdan oʻtkazilgan.

Mavsumda qatnashayotgan texnikalarning deyarli 60 foizini oxirgi 5 yilda ishlab chiqarilgan texnikalar tashkil etadi.

Kuzatishlar shuni koʻrsatmoqdaki, keyingi yillarda gʻalla ekish ishlarida yuqori unumli don ekish seyalkalari yordamida ekish ishlarini bajarish salmogʻi ortib bormoqda.

Xususan, 2023-yil davomida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 80 donadan ortiq yuqori unumli don ekish seyalkalari xarid qilindi. Natijada mazkur don ekish seyalkalari yordamida urugʻni maydon boʻylab teng taqsimlash va bir xil chuqurlikka ekish imkoniyati mavjud boʻldi.

“Oʻzagroinspeksiya” tomonidan 2024-yil hosili uchun gʻalla ekish mavsumida qatnashayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalarining texnik holati va ulardan samarali foydalanilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlib, ushbu ishlar mavsum yakuniga qadar davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?