Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asari BBCʼning “Barcha davrlarning 100 ta eng buyuk bolalar kitoblari” roʻyxatiga kiritildi

06:30 05 Iyun 2023 Madaniyat
1253 0

Ushbu roʻyxatni shakllantirish uchun 56 mamlakatdan tanlab olingan 177 ekspertga “Barcha davrlarning eng yaxshi bolalar adabiyotlariga qaysi asarlar kiradi?» deya savol berilgan. Ular oʻz tanlovi boʻyicha 10 ta eng yaxshi bolalar kitobi roʻyxatini tuzgan.

BBCʼning umumiy roʻyxatda “Shum bola” 73-oʻrinni egalladi.

Gʻafur Gʻulomning bolaligi, XX asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan “Shum bola” qissasi 1936-yilda yozilgan. Qissada shum bola Qoravoy haqida hikoya qiladi. Qoravoy uyidan ketib qolib, oʻzining topqirligi, zukkoligi, shoʻx-shaddodligi tufayli turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?