Gʻafur Gʻulom bogʻining nomi oʻzgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi munosabat bildirdi
Foto: Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻining nomi oʻzgarishi mumkinligi va bunga ayrim fuqarolarimizning eʼtirozli fikrlari chop etilmoqda.
Bu borada Chilonzor tumani hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi B. Rasulov bergan maʼlumotlarga koʻra, bogʻning nomlanishiga rasman oʻzgartirish kiritilmagan. Bogʻ nomini oʻzgartirish haqida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi nomiga ariza kelib tushmagan.
“Albatta, bu borada jamoatchilik fikri ham eʼtiborga olinadi. Bogʻ oldin atalgan nomi Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ boʻlib qoladi”, — deya maʼlumot bermoqda Botir Rasulov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring