Fuqarodan yolgʻondan qarzdorlik uchun pul undirmoqchi boʻlgan xodim qoʻlga tushdi
Illyustrativ foto
Fargʻona viloyatida fuqaroga yolgʻon SMS yuborib, uni chuv tushirmoqchi boʻlgan suv taʼminoti korxonasi xodimi qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Fargʻona suv taʼminoti” AJ Margʻilon shahar filiali abonentlar boʻlimi operatori A.O. fuqaro Yo.M.ning xonadonida ichimlik suvi taʼminotidan qarzdorligi boʻlmasa-da, aholiga qarzdorliklar haqida xabar berishda foydalaniladigan telefon raqamidan Yo.M.ning telefon raqamiga goʻyoki 9,6 million soʻm qarzdorligi borligi haqida yolgʻon SMS xabarnoma yuborgan.
Shundan soʻng, xodim ushbu qarzdorlikni yopib berishi evaziga fuqarodan 9 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring