Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi
Foto: Oʻzbekiston Interpol MMB
Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻlga olinib, mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Oʻzbekiston Interpol MMB xodimlari va AQShning vakolatli organlari oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar, qoʻshma tezkor harakatlar hamda oʻzaro maʼlumotlar almashish natijasida, Amerika tomoni bilan hamkorlikda qidiruv eʼlon qilingan shaxsni mamlakat hududidan chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Shundan soʻng AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari kuzatuvida jinoyatchi Toshkent xalqaro aeroportiga keltirilgan va keyinchalik javobgarlikka tortish maqsadida Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring