Fraksiya a’zolari qonun loyihasi yuzasidan qanday takliflar berdi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida mamlakatimizda islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar ijrosida partiya va uning deputatlik korpusi oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Dastlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, mustaqillik erkin va baxtli yashash huquqi, inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashning bosh omilidir. U xalqimiz uchun erkin, baxtli va farovon, hech kimdan kam bo‘lmagan hayot kechirish imkonini berdi. Yurtdoshlarimizning barcha sohalarda o‘z iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratdi.
Istiqlol yillarida, ayniqsa, oxirgi olti-yetti yilda ulkan islohotlar amalga oshirildi. Barcha sohalarda katta o‘zgarishlar, yangilanishlar ro‘y berdi. Xususan, so‘nggi 6 yilda yurtimizda yalpi ichki mahsulot hajmi 1,5 martadan ziyod, tadbirkorlik subyektlari soni 2 karra ko‘paydi. Sanoatdagi o‘sish 40 foizdan oshib, qisqa muddatda kambag‘allik 2 barobardan ziyod qisqardi.
—Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tubdan o‘zgardi, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Haitov. —Bugun yurtimiz qanday katta yutuq va marralarga erishganining tasdig‘ini anglash uchun istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan natijalarga e’tibor qaratish o‘rinlidir. Bu aholi daromadlarining izchil o‘sayotgani, odamlarning shaxsiy uy-joy va sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlanayotgani, yashash uchun zarur infratuzilmaning kengayib borayotganida namoyon bo‘lmoqda.
Muhokamalar davomida davlatimiz rahbarining nutqida belgilangan vazifalar mamlakatdagi yetakchi siyosiy kuch sifatida O‘zLiDeP va uning fraksiyasi zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashi qayd etildi. Bu borada partiya va uning parlamentdagi fraksiyasi oldida turgan vazifalar belgilab olindi.
Fraksiya yig‘ilishida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Ushbu qonun loyihasi bilan hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat arxivlarning ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabini xabardor qilish tartib-taomiliga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Muhokamalar davomida fraksiya a’zolari partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihasini yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish bo‘yicha bir qator takliflar berdi.
Fraksiya a’zolari Doniyor G‘aniyev, Nodir Jumayev va Baxrom Rahmonaliyevlar loyihadagi ayrim normalar yuzasidan asosli savollarni o‘rtaga tashlashdi. Qonun tashabbuskorlari berilgan savollar yuzasidan javob berar ekan, hujjat loyihasining qabul qilinishi nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblar va tortishuvlardan so‘ng qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring