Fraksiya aʼzolari Davlat dasturining ijrosini qanday baholadi?

12:05 26 Yanvar 2021 Jamiyat
745 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida deputatlar dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yilda bajarilishi yuzasidan hisobotini eshitdi.

Xususan, partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda asosan davlat dasturining maktabgacha taʼlim va xalq taʼlimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturining ijrosini barvaqt tashkil etish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Prezidentning 2020-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningv2020-yil 20-21-yanvardagi Oliy Majlis palatalaridagi maʼruzalaridan kelib chiquvchi vazifalarning ijrosini tashkil etish boʻyicha 213 ta banddan iborat chora-tadbirlar tasdiqlangan hamda ularda belgilangan vazifalarning bajarilish holatini doimiy monitoring qilib borish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2020-yil 10-martdagi 33-son bayoni bilan “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi ijrosini taʼminlash va doimiy monitoring qilib borish yuzasidan yaxlit tizim yaratildi.

Davlat dasturining Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 1 ta qonun, 3 ta Prezidentning Farmoni va 12 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 16 ta qaror va farmoyishlari qabul qilindi hamda 21 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Qayd etilganidek, ijtimoiy sohani rivojlantirish yoʻnalishida aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, farovonligini oshirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yana-da ommalashtirish va turizm sohalarini takomillashtirishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, maktabgacha taʼlim qamrovi 60 foizga yetkazildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning olis tumanlarida istiqomat qiluvchi maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli taʼlim bilan qamrab uchun «Aqlvoy» maktabgacha taʼlim mobil guruhlari tajriba tariqasida qayta jihozlangan “ISUZU HC 40» avtobuslari negizida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim guruhlariga 1920 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar qamrab olindi. Pandemiya davrida 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan toʻliq qamrab olish va ularni maktabga sifatli tayyorlash maqsadida “Onlayn bogʻcha” loyihasi doirasida «Aqlvoy» nomli telekoʻrsatuv efirga uzatildi.

Investitsiya dasturi asosida 2020-yilda 426 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va (19 ta obyekt – yangi qurilish) rekonstruksiya qilish (394 ta obyekt – rekonstruksiya, 13 ta yildan-yilga oʻtuvchi rekonstruksiya obyektlari) ishlarini amalga oshirish belgilandi. Ushbu maqsadlarga jami 1 789,6 mlrd soʻm, shu jumladan, 371 ta MTTlarda qurilish taʼmirlash ishlariga jami 1 589,6 mlrd soʻm va Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 55 ta MTTlarni rekonstruksiya qilishga jami 200 mlrd soʻm ajratildi.

Xalq taʼlimi tizimida 2020-yil 6-noyabrda taʼlim va ilm-fan tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha alohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarori qabul qilindi. Unga asosan, xalq taʼlimi tizimida Finlyandiya tajribasini inobatga olib, milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilishi belgilandi.

Taʼlim sifati past, oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichlari va pedagoglarning bilimi talabga javob bermaydigan maktablar salohiyatini koʻtarish maqsadida 634 ta umumtaʼlim maktablari 95 ta oliy taʼlim muassasalariga biriktirildi. 2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida 348 ta tayanch maktab belgilandi hamda 9 ming nafar oʻqituvchining malakasi oshirildi. Xalq taʼlimi tizimidagi 7 150 ta umumtaʼlim maktablariga umumiy uzunligi 8 ming km.dan ortiq optik tolali aloqa kabellari oʻtkazildi va yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulandi.

Koreya Respublikasi Eksimbanki ishtirokidagi “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yana-da rivojlantirish” loyihasi doirasida 2859 ta umumtaʼlim maktablariga oʻquv kompyuter sinflari Toshkent shahriga keltirildi, ulardan 2643 ta oʻquv kompyuter jamlanmalari umumtaʼlim maktablariga yetkazildi.

Fraksiya yigʻilishida partiya maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda kun tartibidan oʻrin olgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер