Firibgar oʻzining mavjud boʻlmagan tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib bermoqchi boʻldi

16:14 22 Avgust 2024 Jamiyat
132 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Yangibozor tumanida turar-joy binosiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan firibgarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda tegishli tashkilot matbuot xizmati xabar bergan.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Oʻ.Yu. fuqaro R.A.ning turar-joy binosiga goʻyoki tuman kadastrlar boʻlimida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishga vaʼda beradi.

Bundan tashqari, u tuman hokimligi zaxirasidagi qoʻshimcha 940 kv metr yer maydonini 50 million soʻmga olib berishini ham aytgan.

Shu tariqa, fuqaro Oʻ.Yu. kelishilgan pullar hisobidan 2 ming 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Sanepidqoʻmita “Maymun chechagi” kasalligi respublikamiz hududiga kirib kelish ehtimoli haqida munosabat bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер