FIFAda terma jamoalar reytingi yangilandi. Oʻzbekiston koʻtarilishga erisha oldimi?
FIFA jahon futbolidagi terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Yangi reytingda yetakchi oʻzgarmadi. Shu tariqa amaldagi jahon chempioni Argentina milliy terma jamoasi 1-oʻrinda qoldi.
Reytingning yuqori qismida jahon chempionatining vitse-chempioni Fransiya ikkinchi oʻrinni egallab turgan boʻlsa, “Yevro-2024” gʻolibi Ispaniya 5 pogʻona koʻtarilib, kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Shuningdek, Angliya toʻrtinchi, Braziliya beshinchi, Belgiya oltinchi, Niderlandiya yettinchi, Portugaliya sakkizinchi, “Copa America” vitse-chempioni Kolumbiya toʻqqizinchi, shonli Italiya esa kuchli oʻninchi terma jamoa sifatida qayd etilgan.

Osiyo terma jamoalari orasida Oʻzbekiston 8-oʻrinni egalladi. Umumiy reytingda esa bir pogʻona yuqoriladi.
Kunchiqar yurt, Yaponiya, Osiyoning eng nufuzli jamoasi sifatida qayd etilgan boʻlib, xalqaro reytingda 18-oʻrinni egalladi. Eron yigirmanchi, Janubiy Koreya yigirma uchinchi, Avstraliya yigirma toʻrtinchi, Qatar oʻttiz toʻrtinchi, Iroq ellik beshinchi, Saudiya Arabistoni ellik oltinchi, Oʻzbekiston oltmish birinchi oʻrinni egallagan.
Qayd etish kerakki, Venesuela eng katta oʻsishga erishgan terma jamoa boʻldi. Lotin Amerikasi davlati 54-oʻrindan 37-oʻringacha oʻsa oldi. Bundan tashqari Turkiya ham yaxshi oʻsish qayd etib, 42-oʻrindan 26-oʻringacha koʻtarila oldi. Eng katta pasayish esa Chexiya Respublikasida qayd etildi. Yevropaning shonli termalaridan biri 34 oʻrindan 47-oʻringacha tushib ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring