Fidoyi nuroniylar mehnati eʼtirof etildi
Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan hisoblanadi. Bugungi kunda bu anʼana yangi mazmun bilan boyib, muhim ahamiyatga ega tarbiya maktabiga aylanib bormoqda.

“Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashi qaroriga koʻra, mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarida koʻp yillar davomida samarali mehnat qilgan nuroniylar “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi. Ular orasida samarqandlik 86 nafar otaxonu onaxonlar ham bor.
Samarqand shahrida “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlarini topshirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. “Keksalar haftaligi” doirasida tashkil qilingan ushbu tadbirda fidoyi, tashabbuskor hamda hayot yoʻli yoshlar uchun ibrat boʻladigan nuroniylar mehnati eʼtirof etildi.

Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, faxriylarni qutladi. Nuroniylarning hayot tajribasi va mehnati yoshlar uchun namuna ekanini taʼkidlab, ularga minnatdorlik bildirdi.
— Keksalarimiz har bir sohada faollik koʻrsatib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshib kelmoqda. Ularning duosi va faol ishtiroki barcha ishlarimizga ruh va kuch bagʻishlaydi, — dedi Adiz Boboyev.

Tadbirda keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangani qayd etildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring