FIDE reytingni yangiladi: Nodirbek Abdusattorov nechanchi oʻrinda?

Jahon Shaxmat Federatsiyasi (FIDE) 2025-yil iyun oyi uchun yangilangan reyting natijalarini eʼlon qildi. Ushbu reytingda dunyoning eng kuchli 100 nafar shaxmatchisi orasida 5 nafar oʻzbekistonlik grossmeyster ham oʻz oʻrnini saqlab qoldi.
Dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi maqomini norvegiyalik Magnus Karlsen (2837) saqlab qolgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinda amerikalik Hikaru Nakamura (2804), uchinchi pogʻonada esa hindistonlik Erigaisi Arjun (2782) qayd etilgan. Kuchli beshlikdan Fabiano Karuana (2777) va Gukesh (2776) ham joy olgan. hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 2767 ball bilan 6-oʻrinni egalladi.
FIDE reytingining umumiy roʻyxatida Rustam Qosimjonov 2675 ochko bilan 47-oʻrinda, Nodirbek Yakubboyev 2659 ochko bilan 65-oʻrinda, Shamsiddin Vohidov 2644 ochko bilan 81-oʻrinda qayd etilgan. Shuningdek, Javohir Sindorov 2710 reyting ochkosi bilan 29-oʻrindan joy olgan va yoshlar reytingida ham yuqori pogʻonada turibdi.
Milliy reyting roʻyxatida esa Nodirbek Abdusattorov birinchi oʻrinni saqlab qolgan. Uning ortidan Javohir Sindorov, Rustam Qosimjonov, Nodirbek Yakubboyev va Shamsiddin Vohidov kabi tajribali shaxmatchilar qayd etilgan. Reytingda, shuningdek, Muxiddin Madaminov, Muxammadzoxid Suyarov, Abdimalik Abdisalimov, va Ortik Nigmatovlar ham joy olgan.
Ushbu natijalar Oʻzbekiston shaxmat maktabining izchil rivojlanayotganini yana bir bor koʻrsatadi. Yurtimiz vakillarining xalqaro sahnadagi muvaffaqiyatli ishtiroklari yurtimizda sportga, xususan, aql sporti — shaxmatga berilayotgan eʼtibor samarasi ekanini koʻrsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring