Farzandlarimiz har kuni 10-15 chaqirim uzoqlikdagi maktabga “taksi”da qatnar edi — Gulchehra Joʻrayeva

15:56 07 Avgust 2023 Jamiyat
254 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Muborak tumanining Istiqlol mahallasi Yangi qoraqum massivida loyiha qiymati 16,7 milliard soʻmni tashkil etgan maktab binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Toʻrt qavatli, 660 oʻringa moʻljallangan maktabda oʻquvchilarning sifatli taʼlim va tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, zamonaviy oʻquv-laboratoriyalari, kompyuter sinflari, turli kasblarni oʻrgatishga moslashtirilgan maxsus xonalar hamda qishki va yozgi sport maydonchalariga ega.

— Bunga qadar Yangi Qorqum massivida maktab yoʻq edi, — deydi Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻini raisi Gulchehra Joʻrayeva. — Natijada ushbu hududda yashovchi mingdan ortiq xonadonlar aʼzolari farzandlarini yillar davomida qoʻshni hududlardagi maktablarda oʻqitishdi. Farzandlarimiz har kuni 10-15 chaqirim uzoqlikdagi maktablarga “taksi”da qatnar edi va bu ota-onalar uchun ham juda ogʻriqli muammo edi. Shu bois yangi maktabning foydalanishga topshirilishi butun mahalla ahli uchun katta shodiyonaga aylandi.

Maktabning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер