Farzand ota-onaning oynasidir
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Sharq otalari haqida gap ketganda, koʻz oʻngimizda Mirzo Bobur keladi. Shoir va shoh davlat va ijodiy ishlardan ortib farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratgan. Buni oʻgʻli Humoyunga bergan cheksiz mehri orqali ham bilsa boʻladi.
Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan har oyning oxirgi shanbasi maktablarda “Ota-onalar kuni“ sifatida belgilangan. Shu maqsadda viloyatning barcha maktablarida ota-onalar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Fargʻona shahridagi 26-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Sherzod Polvonov ishtirok etdi.
— Bugun taʼlim-tarbiya jarayonida koʻzlangan maqsadga erishishda taʼlim muassasasi va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlik juda muhim, — deydi Fargʻona viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Sherzod Dolimov. — Yuzma-yuz muloqotda taʼlim sifatini oshirish omillari, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatish, ustozlarning hurmati va izzatini joyiga qoʻyish masalalari borasida oʻzaro fikr almashildi.
Keyingi paytda maktabdagi ota-onalar majlisiga asosan onalar, bobo va buvilar kelishi odatga aylanib qolgan. Otalar negadir shunday masʼuliyatli vazifaga vaqt ajratmayapti. Holbuki, ota tarbiyasi oilada muhim oʻrin tutadi.
Viloyatning barcha shahar-tumanlaridagi maktablarda ota-onalar majlisi tashkil etilib, unda hokim, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, ziyolilar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvlar davomida “Maktab va ota-onalar hamkorligi“ konsepsiyasini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
— Yoshlarning taʼlim-tarbiyasini yuksaltirishda bunday muloqotlarning oʻrni beqiyos, — deydi Oltiariq tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabi tarix fani oʻqituvchisi Nargiza Erqoʻziyeva. — Ota-onalar majlisimizda Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdialiyev qatnashganidan xursand boʻldik.
Ota-onalarning farzandlariga bera oladigan eng yaxshi tuhfasi bu goʻzal odobdir. Har bir ota farzandi uchun namuna maktabi boʻlsa, kelgusida oʻgʻil-qizlari ham oʻz oilasining shaʼn-u sharafini himoya qila oladigan, eliga, yurtiga manfaati tegadigan oʻgʻlonlarni tarbiya qilishi uning zimmasidagi eng sharafli vazifa ekanini unutmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring