Fargʻonadagi tergov hibsxonasida kasbga oʻqitish amaliyoti joriy etildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar oʻrtasida sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, ozodlikka chiqqanlaridan soʻng qayta jinoyat qilishlarining oldini olish maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Ijtimoiy koʻnikma markazi tomonidan mamlakatimizda ilk bor yangi tashabbus ilgari surildi.
Shu tariqa Fargʻona shahar kasbiy koʻnikmalar “Ishga marhamat” monomarkazi, Ichki ishlar vazirligi, Jazoni ijro etish departamenti ikkinchi mintaqaviy hudud 10-sonli tergov hibsxonasida parrandachilik, quyonchilik, issiqxona, tikuvchilik sohalari yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunga qadar muassasadagi 24 nafar xoʻjalik hisobidagi mahkumlar Fargʻona shahar kasbiy koʻnikmalar “Ishga marhamat” monomarkazi tomonidan tikuvchilik, payvandlash, temirchilik, duradgorlik, chilangarlik, oshpazlik yoʻnalishlarida kasb koʻnikmalari shakllantirish borasida oʻqitilib, sertifikatlar berildi.
— Yaqinda muassasa rahbariyati bilan hamkorlikda sartaroshlik, santexnika xizmatlari, mebelchilik sohalari boʻyicha ustaxonalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, — deydi Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Ijtimoiy koʻnikma markazi rahbari oʻrinbosari Bahrom Madumarov. — Natijada Qoʻqon shahridagi jazo muddatini oʻtab qaytgan uyi yoʻq fuqarolar istiqomat qiladigan eski yotoqxona oʻrniga 17 ta xonadan iborat, barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi bino qurildi.
Aytish joiz, tergov hibsxonasida gumonlanuvchini aybi isbotlangunga qadar saqlanadi. Ichki ishlar vazirligining tegishli koʻrsatmasi asosida aybi isbotlanib, jazoga tortilgan mahkumlardan ayrimlarini xoʻjalik hisobida jazo oʻtashi uchun muassasada olib qolish amaliyoti mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring