Fargʻonada ogʻir yuk mashinalari harakati 3 oyga cheklandi
Illyustrativ foto
Fargʻona viloyati hududidan oʻtgan avtomobil yoʻllarida ogʻir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda viloyat hokimining 28-iyuldagi qarorida koʻzda tutilgan.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 20-iyulidan 20-oktyabr kunigacha Fargʻona viloyati hududidan oʻtgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarida ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakati har kuni soat 8:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha cheklanadi.
Ushbu qaror viloyatda ekstremal iqlim sharoitlarida, xususan, havo harorati koʻtarilib ketgan vaqtda yoʻllar va yoʻl sunʼiy inshootlarining texnik holatini saqlab turish zarurati bilan izohlangan.
Cheklov avtomobil yoʻllarida yuk tashishda transport vositasining gʻildirak oʻqiga tushadigan ogʻirligi 10 tonna va undan ortiq boʻlgan yuk avtomashinalari, yongʻinga chidamli boʻlmagan yoki muhit uchun xavfli yuk tashuvchi transport vositalari, boshqa maxsus talablarga javob bermaydigan ogʻir avtotransportlarga taalluqli etib belgilangan.
Tez tibbiy yordam, oʻt oʻchirish va favqulodda holatlar xizmatlariga tegishli transport vositalari, kommunal va sanoat xizmatlarini taʼminlovchi maxsus transportlar, ruxsatnomaga ega boʻlgan mahalliy tadbirkorlik subyektlarining mahsulot yetkazib berish vositalariga (faqat maxsus belgilar bilan) mazkur cheklov tatbiq etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring