Fargʻonada ilk bor oʻtkazilgan buyrak koʻchirish jarrohlik amaliyotida er xotini uchun donorlik qildi
Foto: Халқ сўзи
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filialida ilk bor buyrak transplantatsiyaci amaliyoti oʻtkazildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining xirurgiya boʻlimi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Farhod Xadjibayev rahbarligidagi 12 kishilik guruh hamda markazning Fargʻona filiali shifokorlari ishtirokida buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Murakkab jarrohlik amaliyoti 6 soatdan ortiq davom etdi. Shifokorlarning maʼlum qilishicha, hozirda bemorlarning ahvoli yaxshi.
Shunday qilib, Uchkoʻprik tumanida yashovchi 31 yoshli Gulasal Sobirovada surunkali buyrak yetishmovchiligining beshinchi bosqichi boshlangan boʻlib, turmush oʻrtogʻi Dilshod Sobirov donorlik qilishga rozilik bildirgach, zaruriy tibbiy tekshiruvlar amalga oshirildi va buyrak koʻchirish boʻyicha dastlabki murakkab jarrohlik amaliyoti boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlash oʻrinliki, bugungi kunda Fargʻona viloyatida surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan ogʻrigan bemorlarning 260 nafari doimiy ravishda gemodializator apparati orqali muolaja oladi. Ayni paytda viloyatda oltmish nafarga yaqin bemorlar buyrak koʻchirish amaliyotini oʻtkazishga muhtoj.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring