Fargʻonada 2,1 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh qilindi (+video)
Fargʻona tumanida 2,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
“Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida Fargʻona tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tumanning “Mindon” MFY Chashma koʻchasida joylashgan “O.” nomli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz tarmogʻiga hech qanday hujjat va ruxsatlarsiz ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan qonunga zid ravishda foydalanib kelgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilgan va tabiiy gaz hajmlari qayta hisoblangan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qonunbuzilish oqibatida 2 milliard 108 million soʻm zarar keltirilgani maʼlum boʻlgan. Vaziyatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring