Fargʻonada 200 ga yaqin zamonaviy inshootlar foydalanishga topshirilmoqda

10:55 27 Avgust 2024 Jamiyat
114 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Istiqlolimizning 33 yillik sanasi munosabati bilan Fargʻona viloyatida 200 ga yaqin zamonaviy inshootlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda viloyatning eng olis Beshariq tumanida bayram obyektlari sifatida bir necha yangi binolar tantanali ravishda oʻz faoliyatini boshladi. Beshariqning qoʻshni Tojikiston bilan chegara hududida joylashgan “Yakkatut” MFY uchun davlat xususiy sheriklik tamoyili asosida mahalla yettiligi uchun xizmat binosi qurib bitkazildi. Ezgu maqsad ijobati uchun tadbirkor Mahmudjon Olimov tashabbusi bilan qariyb 300 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Shuningdek, “Namuna” MFYdagi 12–oilaviy poliklinika Investitsiya dasturi asosida mukammal taʼmirdan chiqarilib, eng soʻnggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Shu tariqa hududdagi 20 mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatuvchi shifo maskanida barcha zamonaviy qulayliklar muhayyo etildi. 75 nafar tibbiyot xodimlari faoliyat koʻrsatadigan ushbu muassasada 10 oʻrinli kunduzgi statsionar ham tashkil etildi.

— Hududdagi 1100 dan ortiq oilada 3,5 ming aholi istiqomat qiladi, — deydi “Yakkatut” MFYda yashovchi mehnat faxriysi Mahbuba Yunusova. — 25-yil mazkur mahalla raisi sifatida ishlagan boʻlsam, sharoitimiz maqtagulik darajada emasdi. Bugungi sharoitni koʻrib, yana mahalla yettiligi safida ishlagim kelyapti. Yoshlarimiz bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер