Fargʻonada 18 ta mamlakat oʻquvchilari oʻrtasida xalqaro olimpiada boshlandi

00:12 09 Noyabr 2021 Jamiyat
628 0

Foto: Халқ сўзи

Shu yilning 8–13-noyabr kunlari Fargʻona viloyatida Oʻzbekistonda ilk bor “Ahmad al-Fargʻoniy” nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi boʻlib oʻtadi.

Unda dunyoning 18 davlatidan 140 nafardan ziyod 15-17 yoshli oʻquvchilar ishtirok etadi. Olimpiada bahslarida 6 ta davlat - Qirgʻiziston, Ummon, Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiya, Oʻzbekiston kabi davlatlar vakillari oflayn, qolgan mamlakatlar oʻquvchi yoshlari esa onlayn tarzda qatnashadi.

Bugun tadbir qatnshachilari Fargʻona shahrida ulugʻ ajdodimiz Ahmad al- Fargʻoniyga oʻrnatilgan haykal poyiga gul qoʻygach, Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida olimpiadaning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

Olimpiada – bu intellektual musobaqa, kuch va bilimni sinash imkoniyati,-dedi tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatov. - Unda eng bilimli va iqtidorlilar yoshlar saralanadi. Xalqaro fizika olimpiadasi Ahmad al-Fargʻoniy nomi bilan bogʻlanishi bejiz emas. Musobaqani oʻtkazish uchun Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi boʻlib Fargʻona viloyati tanlangani naqadar quvonarlidir.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?