Fargʻonada 17 bitiruvchisidan 15 nafari OTMga kirgan maktab taʼmirdan chiqarildi

23:33 05 Sentyabr 2022 Jamiyat
724 0

Foto: Xalq so‘zi

Uchinchi Renessans asosini yaratishda muhtaram Prezidentimiz aynan taʼlim tizimini rivojlantirishni eng muhim 5 ta ustuvor vazifalarimiz sirasiga kiritganlari bejiz emas.

Yangi oʻquv yili oldidan respublikaning boshqa taʼlim muassasalari kabi Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi 3-IDUM da ham homiylar hamda ota-onalar koʻmagi bilan mukammal taʼmirdan chiqarildi.

2021-2022 oʻquv yilida 700 nafardan ziyod oʻquvchi taʼlim-tarbiya olayotgan bilim dargohini bitirgan 17 oʻquvchining 15 nafari oliy taʼlimga oʻqishga kirdi. Umuman olganda, keyingi yillarda matematika va fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilayotgan maktabimiz oʻqituvchi va oʻquvchilarining bu kabi yutuqlari juda ham salmoqlidir.

Ilk saboqlarning Mustaqillik darslari bilan boshlanishi boʻyicha pedagog jamoamiz puxta tayyorgarlik koʻrdi va bugungi mashgʻulotlarda istiqlol yillarida erishilgan ulkan marralar, iqtisodiyotimiz barqaror surʼatlar bilan rivojlanayotgani, hamyurtlarimizning hayot darajasi va sifati oshib borayotgani, ushbu yutuqlar dunyo hamjamiyati tomonidan munosib eʼtirof etilayotgani oʻzgacha gʻurur bilan taʼkidlandi.

Shuningdek, birinchi qoʻngʻiroq tadbirida maktabimizda tahsil olayotgan turli fanlar boʻyicha olimpiada gʻoliblari, sport musobaqalari chempionlari hamda koʻrik-tanlovlarda faol ishtirok etayotgan bir guruh oʻquvchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Muhabbatxon TURDIMATOVA,

Oltiariq tumanidagi 3-IDUM direktori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?