Fargʻona va Yekaterinburg shaharlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Shu kunlarda Rossiyaning Sverdlovsk viloyati markazi Yekaterinburg shahrida “Barqaror sanoat: Yangilash strategiyalari” mavzusida “Innoprom” xalqaro sanoat koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda.
Tadbir doirasida Fargʻona va Yekaterinburg shaharlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuv bayonnomasi imzolandi. Fargʻona shahar hokimi oʻrinbosari Abdugʻani Arabboyev va Yekaterinburg shahri meri Aleksey Orlov tomonidan imzolangan bayonnoma ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, taʼlim, sport, turizm, madaniyat va boshqa sohalarda keng koʻlamli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutadi.
Ikki shahar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar yarmarka va koʻrgazmalarda faol ishtirok etish orqali jadal rivojlanadi. Shuningdek, ular oʻrtasida shaharsozlik hamda infratuzilmalarning rejalashtirilishi borasida oʻzaro tajriba almashish yoʻlga qoʻyiladi.
Ayni jarayonda muntazam ravishda festivallar va madaniyat kunlari oʻtkazib boriladi hamda talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida ilmiy-amaliy hamkorlik koʻlami yuksaladi.
Taʼkidlash joizki, dunyoning 35 ta mamlakatidan 700 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etayotgan “Innoprom” xalqaro sanoat koʻrgazmasida Fargʻona viloyati tadbirkorlari ham keng assortimentdagi mahsulotlar koʻrgazmasi bilan ishtirok etmoqdalar.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring