Fargʻona mahallalarida ish boshlayotgan yoshlar yetakchilari uchun seminar oʻtkazilmoqda
Foto: «Халқ сўзи»
Fargʻona shahridagi “Shodiyona” hamda Qoʻshtepa tumanida joylashgan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yigʻinlari misolida mahallalarda yangi tashkil etilgan yoshlar yetakchilari uchun namunaviy seminar tashkil etildi.
Seminarga Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakillari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi shahar va tuman kengashi yetakchilari jalb qilindi.
Tadbir doirasida 14-30 yoshdagi yigit-qizlar oʻrtasida sportning futbol, voleybol, basketbol, shashka, stol tennisi kabi turlari boʻyicha musobaqalar, kitobxonlik, madaniyat va sanʼat, kompyuter savodxonligi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ham boʻlib oʻtmoqda.
— Barcha shahar va tumanlarimizdagi mahallalarda ish boshlagan yoshlar yetakchilari soni 1055 nafarni tashkil etmoqda, — deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati kengashi raisi Risolatxon Mamajonova. — Har bir mahallada yoshlar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun shart-sharoit yaratishda tashabbuskor boʻlish, hokim yordamchilari bilan birgalikda yoshlarning kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish va bandligini taʼminlash ana shu yetakchilarimizning asosiy vazifasi sanaladi.
Belgilangan reja asosida viloyatning barcha hududida mana shunday seminarlar oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring