Fargʻona xalqaro aeroportida yillik yoʻlovchilar oqimi 3 million nafarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda
Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiyaga tashrifi doirasida Istanbul shahrida “Terminal Yapı” kompaniyalar guruhi boshqaruv kengashi raisi Mexmet Delimollaoglu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Fargʻona xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish masalasi muhokama qilindi.
Ayni paytgacha dunyo boʻylab qirqta aeroportning qurilishi va modernizatsiyasida ishtirok etgan “Terminal Yapı” kompaniyalar guruhi Fargʻona xalqaro aeroportini boshqaruvga qabul qilib, ikki bosqichda investitsiya loyihasini amalga oshirish, dastlab qoʻnish yoʻli qoplamasi va elektr tizimini yangilash, mavjud terminalni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, ikkinchi bosqichda qoʻnish yoʻlagini kengaytirish hamda yangi terminal qurish, besh yil muddatda aeroportda yillik yoʻlovchilar oqimini 3 million nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, loyiha doirasida aeroportda 200 tonnalik sovitkichli meva-sabzavot saqlash ombori hamda zamonaviy yuk terminali barpo etilishi ham koʻzda tutilgan. Ezgu tashabbus doirasida Fargʻonada xalqaro aviatsiya sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash taʼlim markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish ham maqsad qilingan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring