Fargʻona delegatsiyasi Qirgʻizistondagi xalqaro forumda qatnashdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Maʼlumki, Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan keyingi yillarda Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Yaponiya kabi dunyoning koʻplab mamlakatlari bilan faol investitsiyaviy, tadbirkorlik, turizm yoʻnalishlarida keng koʻlamli hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Ayni jarayonda qoʻshni davlatlarning chegaradosh hududlari bilan keng koʻlamli doʻstona munosabatlar yoʻlga qoʻyilmoqda.
Shu kunlarda Fargʻona viloyati delegatsiyasi Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyatida boʻlib oʻtgan xalqaro investitsiya va turizm forumida qatnashdi.
Forumda Fargʻona va Botken viloyatlari oʻrtasida turizmni rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama memorandum imzolanib, bu borada istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
—Xalqaro anjuman doirasida Turizmni rivojlantirishning muhim asoslari" mavzusida konferensiyasi oʻtkazilib, unda Fargʻona vodiysi viloyatlarining yagona turizm halqasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi,—deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Ahmedov.—Vodiy viloyatlarida 10 million nafardan ziyod aholi istiqomat qilishi inobatga olinsa, bu tashabbus turizmni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishda muhim omildir.
Shuningdek, tadbirda sanoat, investitsiya va turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan yarmarkada fargʻonalik tadbirkorlar Botkenning “Euro Servic Group” kompaniyasi bilan qoʻshma korxona ochish boʻyicha kelishib olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring