Faoliyatining birinchi oyida Silk Avia 12 000 dan ortiq yoʻlovchini oʻz manziliga eltib qoʻydi
25-aprel kuni Silk Avia birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi respublika shaharlariga parvozlarni boshladi. Birinchi oyda aviatashuvchi 10 ta yoʻnalishni qamrab oldi va 300 ta reysda 12 000 dan ortiq yoʻlovchini tashidi. Har bir reys boʻyicha oʻrtacha tijorat yuklamasi 60 foizdan ortiqni tashkil etdi, bu aviakompaniyaning birinchi oydagi parvozlari uchun yuqori koʻrsatkichdir. Uchta ATR-72 600 samolyotlarining umumiy parvoz vaqti 322 soatni tashkil qildi.
Silk Avia yoʻlovchilarining aksariyati Oʻzbekiston fuqarolaridir. Shuningdek, birinchi beshlikka Rossiya, Isroil, Qozogʻiston va Turkiya fuqarolari kirgan.
Jinsga koʻra, erkak yoʻlovchilar ayollarga nisbatan koʻproq. Yoshiga koʻra, eng kichik yoʻlovchi 3 haftalik chaqaloq, eng kattasi esa 91 yoshli ayol edi.
Birinchi oyda aviakompaniya oʻzining yaqqol muxlislariga ega boʻldi — bir yoʻlovchi Toshkent — Samarqand — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha bir oyda 10-marta, ikkinchisi Toshkent — Qarshi — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 9-marta parvoz qildi.
Taʼkidlash joiz, 1-iyundan aviatashuvchi yangi yoʻnalishlarga parvozlarni yoʻlga qoʻydi: Silk Avia Toshkentni Fargʻona va Nukus bilan bogʻladi, shuningdek, Fargʻonadan Urganch, Buxoro va Navoiyga reyslarni amalga oshira boshladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring