Falastin aholisi Trampning tahdidiga javob qaytardi

11:54 07 Mart 2025 Dunyo
287 0

5-fevral kuni AQSH prezidenti Donald Tramp HAMAS asirligidan ozod boʻlib vataniga qaytgan Isroil fuqarolari bilan muloqot oʻtkazgan edi.

Amerika rahbari ushbu suhbatdan soʻng, HAMAS harakatiga oxirgi bor ogohlantirish berib, barcha isroillik asirlarni zudlik bilan ozod qilish hamda jasadlarni oʻz vataniga qaytarishni talab qilgan.

Shuningdek, Tramp oʻz murojaatida Gʻazo xalqiga ham tahdidli chaqiriq yoʻllagan.

“Sizlarni ajoyib kelajak kutmoqda, ammo rahbariyatingiz garovdagilarni qoʻyib yuborishi shart. Ular buni rad qilishsa hammangiz oʻlasiz. Aql bilan qaror chiqaring”, — degan Amerika rahbari.

6-mart kuni, Gʻazo aholisi Qoʻshma Shtatlar rahbarining bu tahdidiga javob qaytardi, deb yozmoqda “Al Jazeera” nashri.

Unga koʻra, Gʻazo xalqi Trampning tahdididan qoʻrqmasligini hamda hududdan quvib chiqarish tahdidini ham qabul qilmasliklarini maʼlum qilgan.

“AQSH rahbari bizga hududni tark etishimizni, HAMAS isroillik asirlarni hamda jasadlarni zudlik bilan qaytarishni talab qildi. Agar boʻysunmasak yoʻq qilib yuborish bilan tahdid qildi. Ammo biz bu tahdidlarga parvo qilmaymiz. Gʻazoda vayron boʻlmagan joy qoldimi, yoʻq qiladigan nima qoldi?”, — deydi Gʻazo aholisi OAVga aytgan soʻzlarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Oq uy matbuot kotibi Karolin Leavitt AQSH garovga olinganlarni ozod qilish uchun HAMAS bilan bevosita muzokara olib borayotganini tasdiqlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер