Yevropa va AQSH oʻta jiddiy asorat tufayli koronavirusga qarshi yana bir vaksinadan foydalanishni toʻxtatdi

16:30 14 Aprel 2021 Dunyo
1177 0

Illyustrativ foto

Yevropada AQSHning “Johnson & Johnson“ kompaniyasining ”COVID-19”ga qarshi vaksinasidan foydalanish toʻxtatildi. Bu haqda kompaniya tomonidan maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu preparat bilan emlanganlar orasida qon quyuqlashish holatlari — tromboz holatlari kuzatilgan. 

“Biz bundan xabardormiz va vaziyatni Yevropa sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda oʻrganyapmiz”, deyiladi kompaniya tomonidan berilgan bayonotda.

Maʼlum boʻlishicha, AQSHda ushbu vaksinadan 6,8 milliondan ortiq dozada qoʻllanilgan va emlanganlar orasida oltita ogʻir tromboz holatini eʼlon qildi.

Avvalroq AQSHda emlanganlar orasida tromboz holatlari aniqlangani uchun “Johnson & Johnson” vaksinasidan foydalanish taʼqiqlangan edi.

Aprel oyi boshida “The New York Times“ gazetasi Baltimordagi ”Johnson & Johnson” zavodi xodimlari koronavirusga qarshi emlashning tarkibiy qismlarini aralashtirishda xatoga yoʻl qoʻyganligi sababli 15 million doza preparatni yoʻq qilishga olib kelgani haqida xabar tarqatgan edi. 

Oldinroq, dunyoning bir qator mamlakatlari "AstraZeneca“ (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan oʻz aholisini emlashni vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar bergan edik. Bunga ham emlanganlar orasida tromboz holatlari aniqlangani sabab boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?