Yevropa Trampni Putindan “sovutishga” astoydil harakat qilmoqda

17:05 28 Fevral 2025 Dunyo
461 0

Arxiv foto

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezident Donald Tramp davrida voqealar tez oʻzgaradi. Bir necha kun oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “diktator” deb atagan Tramp endi bunaqa soʻzni aytganidan tondi. Tramp Zelenskiyni hurmat qilishini aytib, uni alqagan.

Ukraina prezidenti AQSHning Ukrainaning noyob mineral resurslaridan foydalanish toʻgʻrisida bitim imzolash uchun hafta oxirida Vashingtonga keladi. Bitimning birinchi loyihasi Ukrainani mustamlaka davlatdek talash tushinilgandi. Shu bois Zelenskiy oʻz millatining boyligini sota olmasligini taʼkidlab, uni imzolashdan bosh tortgandi. Endi Kiyev vayron boʻlgan shaharlar va infratuzilmani tiklash uchun mineral zaxiralardan foydalanish boʻyicha AQSH bilan hamkorlik qilishga yaqin turibdi.

Zelenskiyning taʼkidlashicha, ushbu bitim Ukrainaning kelajakdagi xavfsizligi uchun muhim.

Oʻz navbatida, Tramp “Biz shartnoma imzolaymiz, bu juda katta kelishuv boʻladi”, dedi.

Shunday boʻlsa-da Yevropada AQSH va Rossiya hamkorligidan qoʻrquv bor. Ular Putinning ishtahasi endi Boltiq davlatlariga nisbatan uygʻonib qolishidan qoʻrqadi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ushbu hafta Tramp bilan uchrashuvda keskin fikr bildirishgan.

“Biz buni toʻgʻri qabul qilishimiz kerak. Buyuk Britaniyada Ikkinchi jahon urushidan keyin mashhur odat bor. Biz tinchlikni taʼminlashimiz kerak va buning hozir ayni vaqti. Tajovuzkorlarni mukofotlaydiganlardan emasmiz”, — deydi Starmer.

Makron Trampga Rossiya rahbari bilan bitim tuzishning iloji yoʻqligini ishontirishga harakat qilgan. Makron Ukrainadagi urush boshlanishidan oldin Putin bilan 7 soatlab gaplashganini, har qanday tajovuzni rad etib, oxiri Ukrainaga urush ochganini aytib berar ekan, Trampga Putinning vijdoniga ishonish uchun hech qanday sabab yoʻqligini eslatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер