Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari “Fargʻona vodiysidagi doʻstlik koʻprigi” forumida ishtirok etadi

12:33 18 Iyul 2023 Jamiyat
546 0

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian “Fargʻona vodiysidagi doʻstlik koʻprigi” forumida ishtirok etadi.

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Konrad Adenauer jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda bagʻrikenglik va tinchlik uchun transchegaraviy koʻp tomonlama muloqot” mintaqaviy loyihasi doirasida oʻtkazilmoqda.

Forumda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan hukumat vakillari, yoshlar yetakchilari va ekspertlar ishtirok etyapti.

Sharlotta Adrianning Fargʻona politexnika instituti rahbariyati va YEI tomonidan moliyalashtiriladigan “Erasmus+” dasturining mahalliy koordinatorlari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Fargʻona vodiysi suv resurslarini boshqarish loyihasiga tashrif ham nazarda tutilgan. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan BOMCA10 dasturi (Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga koʻmaklashish dasturi) ustida ish olib borayotgan “Taraqqiyot” NNTda, shuningdek, yana bir loyiha – “Spotlight Initiative Programme” granti sohibi “Mehrjon” NNTda mahalliy ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Mazkur loyiha huquqshunoslar, psixologlar, ijtimoiy soha xodimlari va viloyatdagi 20 ta NNT yetakchilarini oʻqitish orqali oila va jamiyatda zoʻravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?