“Yevropa hayratda” — AQSH Rossiya bilan chegaradosh davlatlar mudofaasini moliyalashni toʻxtatmoqchi

10:00 05 Sentyabr 2025 Dunyo
312 0

Foto: Reuters

AQSH Rossiya bilan chegaradosh davlatlar uchun mudofaa yordami dasturlarini moliyalashni toʻxtatadi. Bu haqda “Financial Times” oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

“AQSH Rossiya bilan chegarada Yevropa armiyalariga yordam berish dasturlarini bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtirmoqda, chunki bu qitʼani oʻz mudofaasiga koʻproq sarmoya kiritishga undamoqda”, — deya yozdi “Financial Times” gazetasi.

Nashr manbasiga koʻra, AQSH Mudofaa vazirligi rasmiylari oʻtgan hafta yevropalik diplomatlarga AQSH Sharqiy Yevropa davlatlarida Rossiya bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda oldingi safda turishi mumkin boʻlgan qoʻshinlarni tayyorlash va jihozlash dasturlarini endi moliyalashtirmasligini aytgan.

Yevropa AQSH qaroridan hayratda

Nashrning qayd etishicha, Yevropa davlatlari AQSHning Rossiya bilan chegaradosh Yevropa davlatlari uchun xavfsizlik boʻyicha yordam dasturlarini qisqartirish haqidagi qaroridan hayratda.

“Yevropa hukumatlari bu xabardan hayratda qolishdi va Vashingtondan qoʻshimcha maʼlumot izlamoqda”, — deyiladi “Financial Times” maqolasida.

Oq uy vakilining aytishicha, bu harakat AQSH prezidenti Donald Trampning “qayta koʻrib chiqish va qayta tashkil etish” harakatlariga mos keladi, biroq nashr taʼkidlaganidek, Vashingtonning qarori “katta tashvish va noaniqlik tugʻdiradi”.

Boltiqboʻyi davlatlari uchun “juda ogʻir sinov”

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining isteʼfodagi zobiti Mark Montgomeri gazetaga AQSH harbiy yordamining yoʻqolishi Boltiqboʻyi uchun “juda ogʻir sinov” ekanligini aytdi.

“Bu yerda butun gʻoya ularga oʻzlarini himoya qilish imkoniyatini berishdir”, — deydi Montgomeri.

Gazetaning qayd etishicha, 2020-yilda Estoniya, Latviya va Litva qurolli kuchlarini mustahkamlash uchun yaratilgan alohida dastur — Boltiqboʻyi xavfsizligi tashabbusining kelajagi ham xavf ostida.

Oʻtgan yili AQSH Kongressi tashabbusni qoʻllab-quvvatlash uchun 288 million dollar ajratgan. Oq uy kelasi yil uchun byudjetdan qoʻshimcha mablagʻ talab qilmadi. Vaziyatdan xabardor manba maʼmuriyat dasturni koʻrib chiqayotganini aytdi.

Tramp kontingent saqlab qolinadimi?

AQSH Polshadan Amerika harbiy kontingentini olib chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Donald Tramp 3-sentyabr kuni Polsha yetakchisi Karol Navrocki bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.

“Biz bunday variantlarni boshqa mamlakatlarga nisbatan koʻrib chiqamiz, lekin Polshaga nisbatan hech qachon. Biz butunlay uning tarafidamiz va har doim oʻzini himoya qilishga yordam beramiz” — dedi Oq uy rahbari.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Polsha hukumati mamlakatdagi Amerika qoʻshinlari sonini oshirish tarafdori. Hozirda u yerda 10 ming amerikalik askar joylashgan.

Iyul oyi oxirida Qoʻshma Shtatlar oʻz qoʻshinlarining uchdan bir qismini Yevropadan olib chiqib ketishi mumkinligi maʼlum boʻldi. Mutaxassislarning fikricha, Yevropadagi AQSH qoʻshinlari soni 90-100 ming kishigacha oʻzgarib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер