Yevrokomissiya G‘azodagi vaziyat sababli Isroilga moliyaviy yordamni to‘xtatadi

11:12 18 Sentyabr 2025 Dunyo
82 0

Yevropa komissiyasi Isroilga moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu qaror mamlakatning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti bilan bog‘liq. Ursula fon der Lyayenning ta’kidlashicha, qaror gumanitar dasturlarga taalluqli emas.

“G‘azoda har kuni sodir bo‘laëtgan dahshatli voqealar darhol to‘xtatilishi kerak. O‘q otish to‘xtatilishi, barcha gumanitar yordam to‘siqsiz kiritilishi va HAMAS qo‘lidagi barcha garovdagilar ozod qilinishi shart. Yevropa Ittifoqi eng yirik gumanitar donor sifatida ikki davlat asosidagi hamjihatlik tamoyilidan qaytmaydi. Shu prinsiplardan kelib chiqib, g‘arbiy sohildagi vaziyatni hisobga olgan holda, biz Isroilga qaratilgan ikki tomonlama qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni taklif qildik. Biroq bu chora fuqarolik jamiyati va Xolokost xotirasiga bag‘ishlangan “Яд Вашем” memoriali bilan hamkorlikka taalluqli emas”, — dedi YK raisi.

Ma’lum qilinishicha, qaror 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan moliyaviy ajratmalar hamda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ayrim institutsional loyihalar va YI–Isroil mintaqaviy hamkorlik mexanizmlariga ham taalluqli.

Shu bilan birga, gumanitar dasturlarga yo‘naltirilgan yordam o‘zgarishsiz qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер